Yordam
Savolingiz bormi?
Litsenziya, shriftlar yoki sayt boʻyicha yozing — odatda bir kun ichida javob beramiz.
Koʻp beriladigan savollar
Shriftlar haqiqatan bepulmi?
Ha. Har bir oilani shrift sahifasidan bitta ZIP qilib yuklab olasiz — roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Tijoriy loyihada ishlatsam boʻladimi?
OFL, Apache va Public Domain shriftlari — ha. Freeware shriftlarda muallif shartlarini tekshiring: ular koʻpincha faqat shaxsiy foydalanish uchun bepul. Shartlar shrift sahifasida va ZIP ichidagi LITSENZIYA.txt faylida. Batafsil.
Shrift oʻzbekcha harflarni qoʻllab-quvvatlashini qanday bilaman?
Har bir shrift sahifasida “Oʻzbek lotin” va “Oʻzbek kirill” belgilari bor: yashil — toʻliq, sariq — qisman. “Belgilar” boʻlimida shriftdagi barcha harflarni koʻrasiz.
Mening shriftim ruxsatsiz joylangan.
Yuqoridagi manzillarga yozing — tekshirib, darhol olib tashlaymiz.